Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qatar Amerika kiberyollanmalarini ta’qib etish uchun 10 ming kishining ro‘yxatini taqdim qildi

AQSh MRB (SRU) – Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq agentlari katta pul evaziga Fors ko‘rfazi mamlakatlariga jon-jon deb xizmatga yollanmoqda. Masalan, Qatar iste’fodagi josus Kevin Chalker boshqarayotgan xususiy kompaniyaga 100 million dollar to‘ladi. Bu kompaniya Qatarning hukmron sinfi raqiblari bilan bog‘langan kompyuter tarmoqlarini ishdan chiqarish bilan shug‘ullanadi. Masalan, Yaqin Sharqda ko‘zga ko‘ringan diplomatning kompyuteri ishdan chiqarildi. Diplomat prezident Trampning Yaqin Sharqqa o‘zining maxsus vakili qilib jo‘natgan kuyovi Jareda Kushnerning hududiy yetakchilari topshirig‘iga binoan ish olib borardi.

Bu operatsiyani Trampga ishlaydigan sobiq partiya faoli Elliot Broyd fosh etib, Chalkerni jinoyatchi deb atadi.

Chalker tomonidan turli sobiq maxsus xizmat xodimlaridan iborat jamoa eng zamonaviy amerika maxfiy texnologiyalaridan foydalanib, har qanday aloqa tarmog‘ini ishdan chiqarishga qodir.

Qatar amiri ushbu kiberyollanmalar oldiga yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan tashkilotlar va odamlarning katta ro‘yxatini qo‘ydi. Chalker guruhini sudga bergan Broydining aytishicha, ular hatto sobiq xizmatdoshlarining kompyuterlarini ham buzib, amir talab qilgan ma’lumotlarni olib unga taqdim etishgan. Qatar Amerika kiberyollanmalarini ta’qib etish uchun 10 ming kishining ro‘yxatini taqdim qildi. Ular orasida hatto Qatardagi diktatorlik rejimiga qarshi chiqqan taniqli amerikalik arboblar ham bor.

2012 yilda FIFA Qatarni futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionatini o‘zida o‘tkazishni sotib olganini taftish qilishga kirishdi. Bu yerda ham Doxaning buyurtmasi bilan xalqaro federatsiya rahbarlariga qarshi kiberyollanmalar ishga kirishdilar. Jahon futboli rahbarlarining nomini bulg‘ovchi “ma’lumotlar” kovlab topilib, ularni almashtirishga erishildi, deb yozadi “Mir novostey” (2020 y, 28-son) haftanomasi.

T.Murod tayyorladi.