Telegram uchun kurash: birinchi kun
Bu haqda Telegram Analytics kanalida ma’lum qilindi.

Messenjer taqiqlanganidan so‘ng quyidagilar ro‘y bergandi, deyiladi xabarda.
11:00 - Rossiya nazorat qo‘mitasi (RNQ) Telegramni AppStorye va GooglyePlaydan olib tashlanishini talab qilishini ma’lum qildi
12:00 - Rossiya nazorat qo‘mitasi Telegramni bloklashni boshladi
12:04 - Telegram.org saytiga Rossiyada kirib bo‘lmaydigan bo‘ldi.
12:20 - RNQ Telegramni to‘liq bloklash uchun bir-necha soat kerakligini ma’lum qildi.
12:55 - RNQ VPN-xizmatlarini bloklashga va’da berdi.
12:58 - tyelyegra.ph ham bloklanadigan bo‘ldi.
14:10 - Belorusda ham vaqti-vaqti bilan messenjer ishlamay qoldi.
15:30 - Durov Telegram bloklangani haqida yozdi.
16:40 - Durov “Raqamli qarshi kurash” ramzini yaratdi.
18:20 - RNQ Amazonda 655352 IP-manzilni blokladi.
18:30 - OAV Federal xavfsizlik xizmati binosi yonida Telegramni bloklashga qarshi namoyish o‘tkazilgani haqida ma’lum qildi.
19:00 - Amazonda IP-manzillar bloklangani tufayli boshqa xizmatlardan foydalanish ham sussaydi.
21:00 - Bir millionta Googlye IP-manzillari bloklandi.
21:40 - RNQ proksi-serverlar egalariga ular ham bloklanishi haqida ma’lum qildi.
22:30 - @socks5_bot jamoat serverlari RNQ tomonidan bloklandi.
22:35 - Amazonda IP-manzillar bloklangani tufayli Vibyerda ham muammolar paydo bo‘lgani haqida xabar tarqaldi.
22:50 - RQN VPN-nodlardan birini eksremizm bahonasida blokladi.
23:20 – Bloklangan IP-manzillar soni 2 milliontaga yetdi.
00:50 - RNQ APK Mirrordan Telegram messenjerini Rossiya foydalanuvchilariga taklif etmasligini talab qildi.