Urgutlik shaxs “marixuana”ni 5 ming AQSh dollariga pullayotganda qo‘lga tushdi
- 16.03.2024 12:13
- 437
- Jinoyat va jazo

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilayotgan tezkor tadbirlarga qaramasdan giyohvand moddalar oldi-sotdisi bilan bog‘liq noqonuniy harakatlar hamon davom etyapti.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarning birida shunday holat aniqlandi.
1977 yilda shu tumanda tug‘ilgan fuqaro A.A. 700 gramm “marixuana” narkotik moddasini mahalliy fuqaroga 5 000 AQSh dollariga sotishni rejalashtirgan vaqtda qo‘lga olindi.
Hozirda bu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
narkotik