«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 24 oktyabr, №134) sonida o‘qing
Shu paytgacha ham jamiyat hayotida davlat tili haqidagi qonun talablarining yetarli darajada bajarilmayotgani, til me’yorlarining buzilayotgani haqida tilshunos olimlar, ziyolilar va keng jamoatchilik o‘z fikrini bayon etib kelardi. Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar bo‘lardi. Afsuski, bu chiqishlar kutilgan samarani bermadi. Endi yangi tashkil etilayotgan departament va komissiya bu masalalarga jiddiy e’tibor qaratadi.
***
Ko‘chalar kovlangan, harakatlar vaqtincha cheklangan, tirbandliklar yuzaga kelgan. Samarqand shahridagi ushbu holatlar nimadan kelib chiqyapti?
***
“Vatanparvar” mahallasidagi ko‘chalar hanuz Spirin, Sentralnaya, Shkolnaya deb nomlanayotganini qanday izohlash mumkin? Yoki “Povorot” bekatidan Xazora bozorigacha binolarda ko‘cha nomini Spitamen shoh ko‘chasi deb yozishgan. Axir Spitamen shoh bo‘lmagan-ku.
***
Mutaxassis fikri: yo‘l harakati qoidalarini takror buzish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarganidek, to‘y-tadbir borasidagi cheklovlarga amal qilmaslik bo‘yicha ham shunday amaliyotni joriy etish maqsadga muvofiq.