1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 17 noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, joriy yil 1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshirilmoqda, ya’ni:

➖pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming so‘m;
➖ yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming so‘m;
➖mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 mln. 50 ming so‘m etib belgilanmoqda.

Prezidentning farmoni natijasida 4,5 mln. kishining pensiyasi va nafaqalari miqdori ko‘payadi va barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7 foizga oshgan holda hisoblanadi.

Bazaviy hisoblash miqdori 1 dekabrdan 3 foiz miqdorda (7 foiz emas!) o‘zgarib, 340 ming so‘m etib belgilanmoqda. Umuman olganda yil davomida ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar jami 14,5 foizga oshgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdori bundan kamroq, ya’ni 13 foizni tashkil etdi.