1 dekabrdan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori o‘zgaradi

Bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 1 dekabrdan 3 foizga oshishi jarimalar miqdoriga ham ta’sir qiladi.

Yuqoridagi sanadan boshlab mamlakatimizda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori quyidagicha bo‘ladi:
1. Xavfsizlik kamarini taqmaganlik – 170 000 so‘m;
2. Texnik ko‘rikdan o‘tkazish qoidalarini buzganlik, birinchi tibbiy yordam qutisi yo‘qligi – 170 000 so‘m;
3. Kerakli hujjatlarsiz avtomobilni boshqarish – 340 000 so‘m;
4. Sug‘urta yo‘qligi – 340 000 so‘m;
5. Svetoforning qizil chirog‘ida o‘tish – 680 000 so‘m;
6. Noto‘g‘ri to‘xtash joyi – 680 000 so‘m;
7. Avtomobilni boshqarishda mobil telefondan foydalanish – 1 020 000 so‘m;
8. Avtomobilni davlat raqamisiz boshqarish – 1 700 000 so‘m;
9. Belgilangan tezlikdan 20 km/soatga oshib ketish - 340 000 so‘m;
10. Belgilangan tezlikdan 20-40 km/soatga oshib ketish - 1 700 000 so‘m;
11. Tezlikni 40 km/soat dan ortiq oshirish – 3 060 000 so‘m;
12. Qarshi chiziqda harakatlanish – 3 400 000 so‘m;
13. Mast holda transport vositasini boshqarish – 8 500 000 so‘m va 3 yilgacha avtomobil boshqarish huquqidan mahrum qilish;
14. Tegishli ruxsatnomasiz oynalarni qoraytirish – 8 500 000 so‘m.