1 iyuldan tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik!
Bunga qadar esa tovarlarni respublikamizga olib kirmoqchi yoki eksport qilmoqchi bo‘lgan tadbirkor bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirib berish va bojxona idoralariga taqdim etish uchun ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflab bojxona brokerlari va bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar ko‘magidan foydalanishga majbur edi.
Endi esa Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan beriladigan elektron raqamli imzoga ega bo‘lgan har bir tadbirkor buni amalga oshirishga to‘la haqli.
Buning uchun u elektron raqamli imzo yordamida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my2.gov.uz/ru/list-of-declaration-persons) yoki Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb saytiga (www.bojxona.uz) kirib, dastlab o‘z tashkiloti nomidan tovarlarni deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatini shakllantiradi.
Shundan so‘ng “Deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxati” interaktiv xizmatidan foydalangan holda bojxona yuk deklaratsiyalarini real vaqt rejimida to‘ldirib, bojxona organlariga taqdim etadi.
Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi
Axborot xizmati