1 iyundan metanning eng baland narxi 3750 so‘m etib belgilandi
1 iyundan 1 avgustgacha bir kub metr metan gazning eng baland narxi 3750 so‘m qilib belgilanmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
2024 yil 25 may kuni Vazirlar Mahkamasining «metan» gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddatini uzaytirish ko‘zda tutilgan qarori qabul qilindi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Unga ko‘ra, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda 2023 yil 15 sentyabrdagi 475-sonli qaror 7-bandiga asosan kiritilgan uning eng baland chakana narxi 2024 yil 1 avgustgacha bir kub metr uchun 3750 so‘m qilib belgilanmoqda.
Ya’ni 1 iyundan e’tiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida ayrim o‘zgartishlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 2024 yil 1 aprelgacha 3250 so‘m, 2024 yil 1 iyungacha esa 3350 so‘m edi).