1 oktyabrdan ayrim YaTT uchun soliq hisobotini topshirish majburiyati bekor qilindi
Bu haqda AOKAda “Tadbirkorlik sub’yektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosi bo‘yicha o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, 2021 yil 1 oktyabrdan quyidagilar bekor qilinadi:
👉 qat’iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan YaTT tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati;
👉 alohida tayyor import iste’mol tovarlarining bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan keyin 12 oy o‘tgach sotuvga qo‘yilishi hamda chakana savdoda realizatsiya qilinishiga qo‘yilgan taqiq.
2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar respublika tumanlaridagi (Toshkent shahri bundan mustasno) YaTTga belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga pasaytirilib, BHMning 50 foizi miqdorida belgilanadi.