10 ming dollargacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini chetga olib chiqishga ruxsat beriladi
Prezident rahbarligidagi yig‘ilishda zargarlikda ham imkoniyatlar juda kengligi, mamlakatimizda 300 million dollarlik ichki bozor borligi ta’kidlandi.
Bu talabni bemalol o‘zimizni mahalliy zargarlar qondirishi mumkin. Shu sababli ularni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 dekabrdan boshlab:
- oltin va kumushga kechiktirib to‘lash uchun barcha banklar va Eksportni rag‘batlantirish agentligi kafolatlari qabul qilinadi;
- kafolat olish imkoniyati yakka tartibdagi zargarlar uchun ham yaratiladi;
- oltin, kumush va zargarlik uchun zarur boshqa xom ashyolarni qayta ishlash uchun vaqtincha olib kirish va olib chiqishda litsenziya talabi bekor qilinadi;
- zargarlar ishlatadigan qimmatbaho va bezak toshlari bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi;
- 10 ming dollargacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini chetga olib chiqishga ruxsat beriladi (hozir 5 minggacha ruxsat berilgan).
Tegishli viloyatlar hokimlariga Samarqand, Buxoro va Qo‘qon shaharlarida zargarlik savdo va ishlab chiqarish majmualarini ishga tushirish topshirildi.