104 yoshli parashyutchi ayol

2023 yilning fevral oyida AQShning Chikago shahrida yashovchi Doroti Xofner instruktor bilan tandemda parashyut bilan sakradi va shu tariqa dunyodagi eng keksa parashyutchiga aylandi. O‘sha paytda ayol 104 yoshda edi. 

Xofnerning bu yutug‘i norasmiy tarzda 2022 yilda shvetsiyalik 103 yoshli ayol Rut Larson tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi.

«Skydive Chicago» kompaniyasi tomonidan tarqatilgan videoda hozirgina yerga qo‘ngan Xofner yig‘ilganlarning olqishlari va tabriklariga javoban ta’zim qilgani aks ettirilgan.

Kompaniya vakillari ushbu yutuqni rasman e’tirof etish uchun "Ginnesning rekordlar kitobi"ga murojaat qilish niyatida ekanliklarini ma’lum qilgan edi. Jarayon biroz vaqt talab etardi. Afsuski, 2023 yilning oktyabr oyida "Ginnesning rekordlar kitobi" uni dunyodagi eng keksa parashyutchi sifatida rasman tan olishga ulgurmasdan ayol vafot etdi.

Qizig‘i, Doroti Xofner o‘zining birinchi parashyutda sakrashini 100 yoshida amalga oshirgan. Shu tariqa u 4 yil davomida parashyutdan sakragan. Bugungi kunda u tarixdagi "Eng keksa parashyutchi ayol" bo‘lib qolmoqda.