11 oyda O‘zbekistonda qancha moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgani haqida ma’lumot berildi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-noyabr oylari davomida respublikada 198 385,2 milliard so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan. Bozor xizmatlarining nominal hajmi 20 762,0 milliard so‘mga oshgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,2 foizni tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi:
– savdo – 51 611,7 milliard;
– transport – 48 518,1 milliard;
– moliyaviy – 41 140,8 milliard;
– transport, shu jumladan, avtotransport – 26 500,6 milliard;
– aloqa va axborotlashtirish – 11 663,1 milliard;
– ta’lim sohasi – 8 569,6 milliard;
– ko‘chmas mulk bilan bog‘liq – 5 487,4 milliard;
– yashash va ovqatlanish – 5 347,7 milliard;
– shaxsiy – 4 525,3 milliard;
– me’morchilik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi– 4 348,7 milliard;
– ijara – 3 793,4 milliard;
– kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash – 3 099,9 milliard;
– sog‘liqni saqlash sohasi – 2 905,0 milliard;
– boshqalar – 7 374,5 milliard so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.