11 sentyabr terrori oqibatida jabrlanganlarning to‘rt ming nafari saratonga chalingani aniqlandi

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 2001 yil 11 sentyabr kuni Nyu-Yorkda sodir etilgan terrordan omon qolganlarning to‘rt ming nafarida kutilmaganda turli hil onkologik xastaliklar aniqlangan.

AQShning eng yirik shahri yong‘in xavfsizligi xizmatining meditsina bo‘limi rahbari Davil Prezantning so‘zlariga ko‘ra, saratonning turli shakllari kelib chiqishi binolarning portlashi bilan bog‘liq bo‘lmasligi mumkin. Saratonning kelib chiqishiga boshqa omillar ham sabab bo‘lishi ehtimoli bor. Mazkur xastalikka nafaqat terror oqibatida jabrlanganlar, balki qutqaruvchilar va qutqaruv ishlariga yordam berganlar ham chalingan.

Kasallikka uchraganlarning barchasi 15 yil oldin Nyu-Yorkda tashkil etilgan federal dasturga kiritilgan.