14 fevral - Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni
Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni oddiy odamlar targ‘ib qilib, ommalashtirgan bayramlardan biridir.
U 2012 yilda AQShlik uch farzandning onasi Emmi Brodmur tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Bir kuni uning o‘g‘illaridan biri so‘raydi: "Nima uchun odamlar yil davomida bir-biriga shunchaki kitob sovg‘a qiladigan kun yo‘q?". Emmi bu savolni internet-auditoriyaga tashlaydi va u uchun kutilmaganda bu tashabbus qo‘llab-quvvatlanadi. Oxir-oqibat u xalqaro bayramga aylandi.
Dastlab, bu kunda birinchi navbatda kitoblarni bolalarga va ba’zi sabablarga ko‘ra kitoblardan foydalanish imkoniyati cheklanganlarga berish odat tusiga kirgan.
📖 Biroq, har yili butun dunyo bo‘ylab "Kitob sovg‘a qilish" kuni tobora kengroq auditoriyaga ega bo‘lmoqda va ko‘plab mamlakatlarda an’anaviy tus olmoqda.