1918 yilda “Ispanka” virusini yenggan ayol 106 yoshida koronavirusni ham yenga oldi
- 24.04.2020 20:36
- 205
- COVID-19
Ispaniyalik Ana de Vale 1918 yilda “Ispanka” virusini yenggan edi. 2020 yilda 106 yoshli Ana koronavirusni ham yenga oldi. Bu haqda “Malaga Hoy” nashri xabar berdi.
U 7 yoshida “Ispanka” virusini yuqtirib olgan va tuzalishga muvaffaq bo‘lgan. Ayolning opasi o‘sha vaqtda ushbu kasallik oqibatida vafot etgan.
Ana de Vale 2012 yildan buyon Ispaniyaning janubida joylashgan Kadisadagi qariyalar uyida istiqomat qiladi. 20 mart kuni ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlandi va zudlik bilan kasalxonaga olib ketildi. Shu kunlarda Ananing butunlay sog‘aygani ma’lum bo‘ldi. 2020 yilning oktyabr oyida Ana 107 yoshni qarshilaydi. Ayni vaqtda Ana de Vale koronavirusni yenggan eng yoshi ulug‘ inson bo‘lib qolmoqda.
Teglar:
koronavirus dunyodagi vaziyat