20 sentyabrdan Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti boshlanadi

Bugun bo‘lib o‘tgan Markaziy saylov komissiyasi majlisida Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 2021 yil 20 sentyabrdan boshlanishi qayd etib o‘tildi.

“Caylovoldi tashviqoti davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlari quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilanmoqda:

✅birinchi – O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Narzullo Naimovich OBLOMURADOV;
✅ikkinchi – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Maqsuda Azizovna VARISOVA;
✅uchinchi – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Shavkat Miromonovich MIRZIYoYeV;
✅to‘rtinchi – O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Alisher Keldiyevich QODIROV;
✅beshinchi – O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Bahrom Abdurahimovich ABDUHALIMOV.”