2019 yil Samarqand viloyati hayotida (yanvar, fevral, mart)
Yanvar
11 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi va yangidan buyon etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabida bo‘ldi.
Shu kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi va Samarqand viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Erkinjon Turdimov viloyat hokimi etib tasdiqlandi.
12-13 yanvar kunlari - Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj, Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ishtirokida “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti Tashqi ishlar vazirlarining Afg‘oniston ishtirokidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
14 yanvar - Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan 2 nafar bemorning yuragi ilk bor ochiq turda muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.
17 yanvar - Samarqand shahridagi 51-nemis tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabiga nemis faylasufi, tilshunos olim Fridrix Vighelm fon Xumboldt nomi berildi.
30 yanvar - O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludi munosabati bilan yurtimizda xotira tadbirlari o‘tkazildi.
Fevral
6 fevral - Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga Janubiy Koreyaning Konkuk universiteti prezidenti Min Sangi tashrif buyurdi va ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi.
7 fevral - Jomboy tumanidagi «JV MAN AUTO UZBEKISTAN» qo‘shma korxonasida 2019-2020 yillarda viloyatimizning Jomboy, Toyloq, Payariq, Bulung‘ur va Oqdaryo tumanlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.
9 fevral - Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘ida ulug‘ ajdodimizning 578 yilligi keng jamoatchilik vakillari, shoir va yozuvchilar, olimlar, talaba-yoshlar tomonidan keng nishonlandi.
14 fevral - Viloyat musiqali drama teatri maydonida viloyat hokimi E.Turdimov to‘rtta teatr jamoasi rahbarlariga «Isuzi» avtobusi kalitlarini topshirdi.
27 fevral - Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti bosh direktori Pablo roko Blasko boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga keldi. Unda 2021 yilda Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti Bosh assambleyasi yig‘ilishini Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.
Mart
4 mart - Samarqandda qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan mahalliy tadbirkorlar va Turkiyaning Sharqiy Anatoliya eksportchilar uyushmasiga a’zo 18 kompaniya vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi va o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
15 mart - Samarqand shahrida «Qozog‘iston ta’lim kunlari» ilmiy-ma’rifiy ko‘rgazmasida 12 ta oliy ta’lim muassasasi yo‘nalishi va ixtisosliklari bo‘yicha taqdimot qildi.
16 mart - Samarqand avtomobil zavodida tashkil etilganligining yigirma yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. “O‘zavtosanoat”, Yaponiyaning “ISUZU Motors” kompaniyasi va “Itochu corporation” korporatsiyasi vakillari ishtirok etgan tadbirda mazkur korxonada “D-MAX” avtomobili ishlab chiqarish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.
17 mart - Jomboy tumani Qo‘ng‘irot mahallasi hududidagi «Qoraqasmoq» otchoparida viloyat hokimligi va O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamkorligida xalqaro uloq-ko‘pkari musobaqasi o‘tkazildi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston davlatlari hamda yurtimiz hududlaridan 500 dan ortiq eng sara chavandozlar ishtirok etdi.
20 mart - Navro‘z bayrami munosabati bilan Samarqand shahridagi «Mo‘’jiza» amfiteatrida milliy kurash bo‘yicha viloyat hokimi sovrini uchun Respublika bellashuvi o‘tkazildi. Unda respublikamizning turli hududlaridan kelgan 100 nafardan ortiq nomdor kurashchilar uch vazn toifasida o‘zaro bellashdi.
26 mart - Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 martdagi farmoniga ko‘ra, Samarqand viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 5 nafar fuqaro afv etildi.
27 mart - Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Hadis ilmi maktabi talabalarining respublikamizdagi muqaddas qadamjo va tarixiy obidalarga sayohatlarini amalga oshirish uchun zamonaviy avtobus sovg‘a qilindi.
28 mart - Samarqand shahrining yangidan bunyod etilayotgan Qorasuv massivida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmalari xizmatchilari uchun qurilgan ikkita ko‘p qavatli o‘y foydalanishga topshirildi.