2020 yili 10 mingdan ortiq firibgarlik jinoyatlari qayd etilgan, asosiy jabrlanuvchilar erkaklar

Bugungi kunda respublikamizda eng ko‘p sodir etilayotgan jinoyatlardan biri firibgarlik jinoyati ekanligi hech kimga sir emas.

IIV huzuridagi Tergov departamenti bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020 yil davomida respublikamizda 10 mingdan ortiq firibgarlik jinoyatlari qayd etilgan.

Firibgarliklar oqibatida 17 mingdan ortiq fuqaro jinoyat jabrlanuvchisiga aylangan, ularning 10 mingdan ortig‘ini erkaklar, qolgan qismi esa ayollarni tashkil etadi. Fuqarolarimizning ishonuvchanligi va oson boyib ketishga bo‘lgan ishtiyoqi firibgarlarning tuzog‘iga tushishlarining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.

Chet elga ishga jo‘natish (13,1 foiz), yer, uy oldi-sotdisi (13,9 foiz), o‘qishga yoki ishga kiritish (9 foiz) kabi va’dalar bilan sodir etilayotgan firibgarliklar eng ko‘p uchraydigan firibgarlik bo‘lib qolmoqda.