2021 yil: suratlarga muhrlangan lahzalar
✔ 6 yanvar kuni Donald Tramp tarafdorlari uning prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasini tan olishni talab qilib, Kongress binosiga bostirib kirib, uni egallab olishdi. Tartibni tiklash uchun Milliy gvardiya kiritildi. To‘polonda besh kishi halok bo‘ldi.
✔ 20 yanvar kuni Vashingtonda AQShning saylangan prezidenti Jo Baydenning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. Marosimda milliy madhiya libosi e’tiborni tortgan Ledi Gaga tomonidan ijro etildi.
✔ 23 yanvar kuni Rossiya shaharlarida hibsga olingan Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ruxsat etilmagan mitinglar bo‘lib o‘tdi. Hozir u 3,5 yilga umumiy rejimdagi koloniyada jazo o‘tamoqda.
✔ Fevral oyi boshida Keniyani cho‘l chigirtkalari bosdi. Zararkunandalar tufayli hudud aholisi oziq-ovqat tanqisligidan aziyat chekmoqda.
✔ Xalqaro xotin-qizlar kunida minglab Mexiko shahri aholisi ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi namoyishga chiqdi. To‘qnashuvlar natijasida 80 dan ortiq kishi jarohatlangan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda Meksikada har kuni 10 nafar ayol, asosan, oiladagi zo‘ravonlik natijasida vafot etgan.
✔ 19 mart kuni Islandiyadagi bir qator zilzilalardan so‘ng olti ming yil «uxlagan» «Fagradalsfyadl» vulqoni faollasha boshladi.
✔ 23 mart kuni Ever Given konteyner kemasi Qizil dengizdan Suesk kanaliga kirgach qirg‘oqqa melga o‘tirdi. Natijada "dunyodagi eng qimmat tirbandlik" yuzaga keldi, 400 dan ortiq kema to‘plandi. Misr hukumati kema egalaridan 900 million dollar tovon puli talab qildi.
✔ Aprel oyi oxirida Hindistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘ir darajaga yaqinlashdi: mamlakatda har kuni 300 mingdan ortiq infeksiya holati va bir necha ming o‘lim qayd etilgan.
✔ 11 may kuni ertalab 19 yoshli talaba Ilnaz Galyaviyev Qozon shahridagi o‘zi o‘qigan 175-gimnaziyada o‘q ota boshladi. To‘qqiz kishi, jumladan yetti bola va ikki o‘qituvchi halok bo‘ldi.
21 may kuni Isroil va G‘azo sektoridagi Falastin harakatlari o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirdi. Avvalroq, taxminan 11 kun davomida Isroil harbiy-havo kuchlari raketa uchirilishiga javoban G‘azoga zarba bergan edi. Mojaro rasmiylarning Quddusdagi Shayx Jarrah mahallasidan bir necha falastinlik oilalarni chiqarib yuborish fonida kuchaygan edi.
Iyun oyining boshida Istanbul qirg‘oqlari yaqinida iqlim o‘zgarishi va suv ifloslanishi sababli Marmara dengizini qalin shilimshiq qatlam qopladi. Kislorod yetishmasligi tufayli baliq va boshqa dengiz hayvonlari nobud bo‘ldi.