2021 yilning qiziqarli arxeologik topilmalari

Homilador mumiya, Misrdagi yo‘qolib ketgan shahar, 4000 yillik tobut – bu olimlar 2021 yilda qilgan arxeologik kashfiyotlar ta’sirchan ro‘yxatining faqat bir qismi. Bugun biz ularning eng qiziqarlilari haqida ma’lumot beramiz.

Misrdagi yo‘qolib ketgan shahar

Фото: Zahi Hawass/Facebook / Руины древнего города, найденного в Египте

2021 yilning bahorida arxeologlar Luksor shahri yaqinida yoshi qariyb 3500 yil bo‘lgan yirik qadimiy shahar topilgani haqida xabar berishdi. Mutaxassislar devorlari balandligi 3 metrga yetadigan nonvoyxona, ustaxonalar va qabrlar joylashtirilgan loy g‘ishtdan qurilgan binolarni qazib ochdilar.
Tadqiqotchilar shahar fir’avn Amenxotepa-III davrida qurilgani va fir’avn Tutanxamon hukmronligi boshlangunga qadar 30 yil davomida gullab-yashnagani to‘g‘risida faraz qilmoqda.
Bir necha o‘n yillar davomida qidiruv ishlarini amalga oshirib kelgan Yevropa ekspeditsiyachilariga qadimgi Misr “metropolis”ining mavjudligi uzoq vaqtdan beri ma’lum bo‘lgan. Qazish ishlari hozirgacha davom etmoqda.

Alyaskadagi Venetsiya munchoqlari
2021 yilning fevral oyida olimlar qiziqarli topilma haqida gapirishdi. Ular Alyaskada Kolumb Yangi dunyoni kashf etishidan ancha oldin tushib qoldirilgan, yoshi 500 yildan ortiq bo‘lgan munchoqlarni topib olishdi. Hozirgacha yevropaliklar uchun Amerikani 1492 yilda ispan dengiz sayohatchisi kashf qilgan deb ishoniladi.

Фото: M. L. Kunz et al., 2021/American Antiquity / Шесть венецианских бусинок, которые нашли на Аляске

Tadqiqotchilar venetsiya munchoqlari Italiyadan Alyaskaga Yevroosiyo va Bering bo‘g‘ozi orqali 1397-1488 yillarda, ya’ni Xristofor Kolumbning sayohatidan bir necha o‘n yillar oldin olib kelinganligi to‘g‘risidagi taxminni olg‘a surishmoqda.

Britaniyadagi xochga mixlangan odamning qoldiqlari
Xochga mixlash Rim imperiyasi davridagi qatlning asosiy shakli hisoblangan. Garchi ushbu turdagi qatl birinchi ming yillikning boshida keng tarqalgan deb hisoblansa-da, tadqiqotchilar kamdan-kam hollarda osteologik dalillarni topgan, ehtimol qurbonlar ko‘ndalang to‘sinlarga bog‘langandir.

Фото: Albion Archaeology / Железный гвоздь в кости

Zamonaviy arxeologlarning butun tarixi davomida olimlar xochga mixlanishning faqat uch holatidan xabardor edi, biroq yaqinda ular yangi kashfiyot qilishdi. Britaniya Kembrijidan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda arxeologlar oyog‘ida jarohat izlari bor jasad yonida 12 ta mix va yog‘och bo‘lakchalari bo‘lgan odamning qoldiqlarini topishdi. Qoldiqlar tekshirilgach, olimlar uni xochga mixlash orqali qatl etilgan, degan xulosaga kelishdi. Bu Angliyada topilgan birinchi bunday holat bo‘ldi.

Homilali mumiyo
Erkak kohinga tegishli bo‘lishi taxmin qilingan qadimgi Misr mumiyosini o‘rganish chog‘ida olimlar bu aslida homilador ayolning mumiyolangan jasadi ekanligini aniqlashdi. Rentgen nurlari va kompyuter tomografiyasi uning qornida homila bo‘lganligini ko‘rsatdi.

Фото: Courtesy Warsaw Mummy Project

Ayolning taxminan 2000 yil oldin yashagani, uning yoshi 20-30 gacha, homilasi 26-30 haftalar orasida bo‘lganligi aniqlangan. Bu tarixdagi birinchi bunday topilmadir.

Qadimgi qasddan dafn etish hollari
May oyida Keniyada olimlar 78 ming yil oldin vafot etgan odamning skeleti joylashgan dafn chuqurini topdilar. Tadqiqotchilar qoldiqlar ataylab dafn qilingan 2,5 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolaga tegishli bo‘lganini aniqlashdi. Bolaning tanasi qabrda egilgan, tizzalari ko‘kraklariga bosilgan holatda edi. Suyaklar va uning atrofidagi tuproqni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, bola chuqurga joylashtirilganidan so‘ng tezda ko‘milgan, bu esa tanani tez buzilib ketishdan himoya qilgan.

Фото: Glenn Nagel Photography / Реконструкция поселения викингов на острове Ньюфаундленд

Yevroosiyo bilan solishtirganda Afrikadagi tosh davriga oid odamlarning bu tarzda dafn etilishi olimlar uchun sir bo‘lib qolmoqda. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bu qit’alar bo‘ylab dafn etish amaliyotidagi tafovutlarni aks ettirishi mumkin. Biroq, bu topilmalar hech bo‘lmaganda afrikaliklarning uzoq ajdodlari o‘lik bolalarga qanday munosabatda bo‘lganligi haqida aniq tasavvur beradi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.