2023/2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot berildi: Eng ko‘p abituriyentlar Samarqand viloyatidan

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023/2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning 9 iyul soat 18:00 holatiga soni haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, OTMlarning bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 316 976 nafarni tashkil etmoqda.
Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
- o‘zbek tili — 273 385 nafar;
- rus tili — 36 216 nafar;
- qoraqalpoq tili — 6 213 nafar;
- boshqa tillar — 1 162 nafar.
Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
- kunduzgi ta’lim shakli — 212 917 nafar;
- kechki ta’lim shakli — 8 128 nafar;
- sirtqi ta’lim shakli — 93 437 nafar;
- masofaviy ta’lim shakli — 2 494 nafar.
Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
- O‘zbekiston milliy universiteti — 12 287 nafar;
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 10 098 nafar;
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — 10 046 nafar;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti — 9 864 nafar;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 9 719 nafar.
Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha top-5 talik:
- Samarqand viloyati — 32 852 nafar;
- Qashqadaryo viloyati — 30 169 nafar;
- Toshkent viloyati — 29 328 nafar;
- Andijon viloyati — 28 463 nafar;
- Farg‘ona viloyati — 25 313 nafar.