2024 yil fotosuratlarda: o‘tgan yilning eng ta’sirchan tasvirlari
Bi-bi-si butun dunyo bo‘ylab 2024 yilda yangiliklar agentliklari tomonidan olingan ba’zilari yorqin, boshqalari esa yurakni junbushga keltiradigan suratlarni jamladi.
*AQSh-Meksika chegarasini kesib o‘tgan muhojirlar soni prezident Jo Bayden davrida rekord darajaga yetdi, bu esa noyabr oyidagi prezidentlik saylovlari oldidan unga siyosiy bosh og‘rig‘ini keltirib chiqardi.
*2018 yilda boshlangan muhojirlar sonining ko‘payishiga asosan qashshoqlik, zo‘ravonlik, siyosiy repressiya va tabiiy ofatlardan qochgan Markaziy amerikaliklar sabab bo‘ldi.
*Indoneziyalik qutqaruvchilar Achex provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinida zanglagan kemada rohinja millatiga mansub 69 nafar quyoshda kuygan va suvsizlangan odamlarni topdi.
Mamlakat qidiruv-qutqaruv agentligining ma’lum qilishicha, 9 nafar bola, 18 nafar ayol va 42 nafar erkak qutqarib olingan. Yana 80 ga yaqin odamni oqim olib ketgani aytilmoqda. Ular halok bo‘lgan, degan taxmin haqiqatga yaqin.
* Aprel oyida odamlar G‘azo sektori shimoliga tashlangan yordam qutilari tomon yugurishmoqda.
Yuklarni parashyutdan tashlash sinovi birinchi marta Ikkinchi jahon urushi paytida qurshovdagi qo‘shinlarni zarur oziq-ovqat mahsulotlari va qurol aslaha bilan ta’minlash uchun o‘tkazilgan. Vaqt o‘tib, bu usul insonparvarlik yordamini yetkazib berishda qo‘llanila boshlandi.
* Tayvan oxirgi 25 yildagi eng kuchli zilziladan aziyat chekdi, 7,4 magnitudali zilzila, ayniqsa orolning sharqiy sohilidagi binolar va infratuzilmaga zarar yetkazdi.
*Aprel oyida o‘n millionlab odamlar Shimoliy Amerikaning ulkan hududini qamrab olgan to‘liq quyosh tutilishi guvohi bo‘lishdi.
Ushbu fotosuratda AQSh poytaxtidagi Jorj Vashington yodgorligi tepasidagi quyosh tutilishi tasvirlangan.
*2023 yil aprel oyida Sudanda armiya va kuchli harbiylashtirilgan guruh o‘rtasida boshlangan mojarolar tufayli o‘tgan yili 10 milliondan ortiq odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Achinarlisi, qo‘shni Chadga qochganlarning aksariyati ayollar va bolalar bo‘ldi.
*Donald Tramp Pensilvaniya shtati Butler shahrida o‘tkazilayotgan saylovoldi mitingi chog‘ida yaqin atrofdagi bino tomidan qurolli shaxs unga qarata o‘q uzganidan so‘ng sahnadan olib ketildi.
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod yerga o‘tirib oldi. O‘q uning qulog‘iga tegdi. U sahnadan chiqib ketarkan, kurashishda davom etishiga ishora qilib mushtini ko‘tardi.
* Parijdagi 2024 yilgi Olimpiadaning ochilishi taassurotlarga boy bo‘ldi: minglab sportchilar Sena bo‘ylab ko‘priklar, qirg‘oqlar va tomlarda o‘tirgan tomoshabinlar oldidan suzib o‘tdi. Marosim yopilishi porlab turgan Eyfel minorasi fonida bo‘lib o‘tdi.
*Ushbu Olimpiadadagi braziliyalik syorfingchi Gabriyel Medinaning ajoyib surati butun dunyo e’tiborini tortdi.
Fransiyalik fotosuratchi Jyerom Bruye shu kundagi eng katta to‘lqinlardan biri paytida, virusga aylangan syorfingchining suratini olganida, o‘ziga xos suratga olish imkoniyati borligini bilgan chog‘i...
* Livanning Sidon shahrida namoyishchilar HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishiga qarshi norozilik bildirmoqda. Haniya Eron prezidenti Masud Pezeshkiyoni nauguratsiyasida qatnashish uchun kelgan Tyehrondagi qarorgohiga Isroil tomonidan uyushtirilgan zarba natijasida halok bo‘ldi.
* Iyul oyida Kaliforniyadagi 1500 kilometr kvadrat metrdan ortiq maydonni qamrab olgan kuchli o‘rmon yong‘inlari o‘nlab uylarni vayron qildi va minglab odamlarni yong‘indan qochishga majbur qildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, o‘t qo‘yish ayblovi yonayotgan mashinani jarga itarib yuborgan odamga qo‘yilgan.
*Iyul oyida Rossiya raketasi Ukrainaning eng yirik pediatriya muassasasi Kiyevdagi Oxmatdit bolalar shifoxonasiga kelib tushdi. Ikki kishi halok bo‘ldi, binoga katta zarar yetkazildi.
* Isroil armiyasi tomonidan evakuatsiya qilinishi aytilganidan so‘ng, G‘azo sektoridagi falastinliklar sharqiy Xon Yunisdan shikastlangan mashinada ketmoqda.
Hamas bilan urush boshlanganidan bir yil o‘tib, oktyabr oyida Isroil harbiylari G‘azo shimolidan tinch aholini evakuasiya qilishni buyurganida yuz minglab mahalliy aholi janubi chiziqiga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi.
Biroq, janub ham Isroil tomonidan bombardimonga duchor bo‘lishda davom etmoqda, shu sababli BMT va boshqa gumanitar tashkilotlar G‘azoda xavfsiz joylar yo‘qligini ta’kidlashadi.
* Ispaniya sharqi, jumladan, Valensiyada kuchli yomg‘irlar oqibatida 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bir necha soat ichida mintaqaga bir yillik yog‘ingarchilik miqdori tushdi, suv toshqinlari binolarni yuvib ketdi, ko‘priklarni vayron qildi, ko‘chalarni loy va vayronalarga to‘ldirib tashladi.
* 2024 yilning 9 oktyabrida Xalqaro kosmik stansiyaga tutashtirilgan «Dragon Endeavor» kemasi Florida tomon yo‘l olgan Milton to‘fonini suratga tushirdi. Shamol tezligi 205 kilometr soatgacha bo‘lgan dovul Florida va qo‘shni shtatlarda keng ko‘lamli vayronagarchiliklar sababchisiga aylandi.
* Odamlar sham va bannerlar bilan Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yol iste’fosini talab qilish uchun yig‘ilishdi. Prezidentning harbiy holat joriy etishga urinishi avtoritar hukmdorlar davrlarini eslatgan Janubiy Koreya jamiyatini larzaga soldi.
* Suriyada Asad klanining qudrati nihosiga yetdi.“Hayat Tahrir ash-Sham” islomiy qurolli guruhi (bir necha mamlakatlarda taqiqlangan) o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda noyabr oyi oxirida hujum boshladi, bu esa kutilmaganda Suriya armiyasi va rejimning qulashini keltirib chiqardi.
Isyonchilar tezda mamlakatning ikkinchi yirik shahri - Alepponi egallab oldi va bir necha kun ichida poytaxt Damashqqa yetib keldi. Bashar al-Asad Moskvaga qochib ketdi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.