25-o‘lim: Jizzaxda koronaviursdan vafot etgan bemorning turmush o‘rtog‘i ham vafot etdi
Sharof Rashidov tumanidan bo‘lgan bemor F.O. (uning turmush o‘rtog‘i, koronavirusga chalingan 72 yoshli otaxon Q.R.ning vafot etgani haqida avval xabar bergan edik) joriy yil 20 iyun kuni koronavirusga gumon qilinib, karantinga olingan edi.
23 iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali bronxit va surunkali yurak yetishmovchiligi, bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi” tashxisi qo‘yilgan.
SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, reanimatsion muolajalariga qaramasdan, bemor o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.