26 aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni

Xalqaro intellektual mulk kunini nishonlash 2000 yilda Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga (BIMT) a’zo-davlatlar tomonidan keng ommani intellektual mulk muammosi bilan tanishtirish maqsadida taklif qilingan.
Bu sana bejizga tanlanmagan. Aynan shu kuni, 1970 yilda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti to‘g‘risidagi Konvensiya kuchga kirgan. Shundan buyon har yili 26 aprelda BIMT boshchiligida innovatsiyalar va ijodiyotni rag‘batlantirishda intellektual mulkning roli to‘g‘risidagi masala bo‘yicha keng munozaralar o‘tkaziladi.
Filmlar, TV, musiqa, kitoblar, san’at, video o‘yinlar – qisqasi, madaniyat asarlari uchun anchadan buyon chegaralar mavjud emas. Hozirda axborot texnologiyalari asrida madaniyat asarlarining tarqalishi va iste’mol qilinishida hududlar cheklanmagan. Qulay raqamli texnologiyalar barcha to‘siqlarni olib tashlab, har bir muallif uchun global hamkorlik imkoniyatlarini ochib berdi. Shu bilan birga, raqamli muhitda ijodning gullashi bilan raqamli kontent iste’molchilari uchun mulchilik asri boshlandi. Biz xoxlagan vaqtda, joyda va usulda dunyo mualliflarining asarlarini o‘qiymiz, ko‘ramiz va eshitamiz.
Madaniyatni qayta anglash – biz uni qanday yaratayotganimiz, uning asarlaridan foydalanayotganimiz va qanday moliyalashtirayotganimiz ma’lum vazifalarni hal qilishimizni talab etadi. Intellektual mulk tizimining vazifasi – raqamli muhitda ijodkorlarning o‘z mehnati uchun munosib mukofot olishlari va buning natijasida ijodiy faoliyatini davom ettirishlarini ta’minlashdan iborat.
A’zamjon TOJIBOYeV,
Bulung‘ur tumanidagi 18-umumta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi.