26 avgustdan tez tibbiy yordam avtomobillari haydovchilarining oyligi oshiriladi
- 28.08.2019 14:57
- 444
- O‘zbekiston
“Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq to‘lashning umumiy shartlari to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, mazkur hujjat bilan tibbiy xizmat avtomobillari haydovchilarining oylik ish haqi oshirilishi nazarda tutilgan.
Avvalgi tartibdan farqli ravishda, endilikda tibbiy xizmat avtomobillari haydovchilari belgilangan umumiy razryadga nisbatan bir razryad yuqori miqdorda oylik ish haqi oladi.
Ushbu hujjat 2019 yil 26 avgustdan kuchga kirdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa