28 ming gektarda suv tejovchi texnologiya joriy qilinadi

2025 yilda viloyatimizda 28 ming 100 gektar maydonda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilinmoqda (shundan 7000 gektar tomchilatib, 3200 gektar yomg‘irlatib, 2600 gektar diskrit sug‘orish, 6260 gektar egiluvchan quvur va egatga plyonka to‘shab sug‘orish) hamda 9040 gektar maydon lazerli tekislash ishlari olib borildi.
Hozirgacha g‘alla maydonlarida yomg‘irlatib sug‘orish bo‘yicha 72 ta talabgor tomonidan 1274 gektar yer maydoni uchun 31,8 milliard so‘m moliyalashtirilgan. Shundan 857 gektar maydonda ishlar yakunlangan.
Tomchilatib sug‘orish bo‘yicha 290 ta talabgor tomonidan 6807 gektar yer maydoni uchun 328 milliard so‘m moliyalashtirilgan va 2410 gektar maydondagi ishlar yakunlangan.