3 million ish haqini bermagani uchun mahalladoshining joniga qasd qilgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
Mazkur ikki shaxs o‘rtasidagi nizo o‘tgan yil iyul oyida boshlangan. Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi S.A. Samarqand shahar Farhod qo‘rg‘onida yashovchi F.D. dan uning uyida ta’mirlash ishlarini bajargani uchun xizmat haqi talab qilgan. F.D. esa unga boshqa pul bermasligini aytgan. Mana shu holat zo‘aro janjalga sabab bo‘lgan.
Oradan ko‘p o‘tmay S.A. F.D. ning yashash uyiga kelib, uni uyidan tashqariga chaqirib chiqqanida navdbatdagi janjal chiqqan.
S.A. o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan uning chap ko‘krak sohasi, chap ko‘krak yon orqa sohasi qismlariga bir necha marta urib tan jarohati yetkazgan. F.D. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi S.A. ga 13 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.