31 may – Xalqaro kashandalikka qarshi kurash kuni

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugun dunyoda 1,5 milliarddan ziyod kishi sigaret chekadi. Bu ko‘rsatkichning yildan-yilga o‘sib borayotgani jahonda o‘ta xavotirli vaziyatni yuzaga keltirmoqda. Ahvol shu darajaga yetdiki, butun insoniyatga mazkur illat keltirayotgan iqtisodiy hamda ma’naviy zararning oqibatlari va ko‘lamini hisoblashning imkoni yo‘q.

Shu bois Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar boshchiligida unga qarshi kurash olib borilsa-da, kashandalikni batamom bartaraf etishning imkoni bo‘lmayapti. 1988 yildan boshlab har yili 31 may — Xalqaro kashandalikka qarshi kurash kuni sifatida keng nishonlab kelinadi. Shu kuni butun dunyoda chekishning salbiy oqibatlarini ko‘rsatish, bashariyatni bu illatdan voz kechishga chaqirish, kashandalik bilan bog‘liq xastaliklarni kamaytirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib boriladi.

So‘nggi taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2,8 million nafardan ortiq doimiy chekuvchilar bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pining hayoti xavf ostida qolmoqda.

Yunus BO‘RONOV.