4 gektar yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga tushdi

Bu holat DXX viloyat boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi hamda IIB xodimlarining hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Gap shundaki, 1984 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi M.A. bog‘dorchilikni rivojlantirish uchun davlat tomonidan tadbirkorlarga ajratilgan yer maydonlarini sotish bilan shug‘ullanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

M.A. Samarqand tumanida joylashgan MChJga qarashli, intensiv tokzor barpo etish uchun ajratilgan 4 gektar yer maydonini mahalliy fuqaroga sotish evaziga undan 55 000 AQSh dollari talab qilgan. Olib borilgan tadbirlar natijasida fuqaro M.A. kelishilgan mablag‘ning 30 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Hozirda M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.