409 ta yangi mashina berildi
Uning xizmat hududida shu yil boshidan buyon birorta jinoyat va huquqbuzarlik qayd etilmagan.
Joriy yilning 23 dekabr kuni Samarqand shahrida viloyat ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi N.Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri P.Bobojonov, viloyat hokimi T.Jo‘rayev va boshqalar Prezidentimizning alohida e’tibori tufayli profilaktika inspektorlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha sharoitlar yaratilib, davlatimiz tomonidan keng imtiyozlar berilayotganligini ta’kidlab, profilaktika inspektorlarini tantanali marosim bilan qutladilar.
Marosimda 409 nafar profilaktika inspektori tantanali qasamyod qabul qildi. Ularga zamonaviy xizmat uylari va imtiyozli kredit asosida xarid qilingan yangi avtomashinalar kalitlari topshirildi. Xizmat uyi va shaxsiy avtomashinaga ega bo‘lgan profilaktika inspektorlari orasida S.Yo‘ldoshev ham bor.
– Bugungi kun bir umr yodimda qoladi, – deydi u. – Tantanali ravishda qasamyod qilar ekanman, kasbimning sharaf va mas’uliyatini yana bir bor his qildim. Davlatimiz tomonidan biz uchun katta imkoniyatlar yaratilib, uy-joy, shaxsiy avtomashina berildi. Bu ishonchni oqlab, tunu kun xizmat burchimizni bajaramiz.
Shuningdek, tumanlar ichki ishlar bo‘limlariga 10 ta xizmat mashinasi berildi.
Folib ABDUSALOMOV,
Baxtiyor MUSTANOV (foto).