45 ming AQSh dollari evaziga noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan "ishbilarmon" qo‘lga tushdi
Samarqand tumanida yashovchi M.Yu. shu tumanda joylashgan “Chordara” agrofirmasi hududidan dehqonchilik qilish uchun uzoq muddatga imtiyozli ravishda ajratilgan 35 sotix yer maydonini mahalliy fuqaro D.N.ning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 45 ming AQSh dollari talab qilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari viloyat IIB xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro M.Yu. oldindan berilishi kelishilgan 25 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Hozirda fuqaro M.Yu.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.