6 oyda O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi savdo aylanmasi 279,0 million dollarni tashkil etgani ma’lum qilindi

2021 yil yanvar-iyun oylarida ikki mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 279,0 mln. dollarni, eksport 72,4 mln. dollarni, import 206,6 mln. dollarni tashki etgan. Bu haqda respublika Statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondan Turkmanistonga 47,2 mln. dollarlik turli xizmatlar, 7,7 mln. dollarlik kimyoviy mahsulotlar, 6,5 mln.
dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilingan.

Shuningdek, Turkmanistondan O‘zbekistonga 183,4 mln. dollarlik energiya va neft mahsulotlari, 13,1 mln. dollarlik kimyoviy mahsulotlar, 1,3 mln. dollarlik turli xizmatlar import qilingan.

Umuman, tashqi savdo aylanmasi hajmi 2016 yilda 209,1 mln. dollarni, 2017 yilda 177,9 mln. dollarni, 2018 yilda 302,8 mln. dollarni, 2019 yilda 554,4 mln. dollarni va 2020 yilda 538,2 mln. dollarni tashkil etgan.