6-sinf o‘quvchisi mashina olib qochdi

Namangan shahrida yashovchi R.H. boshqaruvidagi «VAZ-2106» rusumli avtomobil «Barkamol avlod» sport majmuasi binosi oldida qarovsiz qoldirilgan va ko‘p o‘tmay noma’lum shaxs tomonidan olib qochilgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina shahardagi Uychi ko‘chasidan texnik soz holda topildi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, huquqbuzarni topish choralari ko‘rildi. Natijada ushbu jinoyatni Namangan shahridagi 14-maktabning 6-sinf o‘quvchisi Ya.A. sodir etgani aniqlandi.
"Postda.uz’" nashrining xabar berishicha, hozir tergov ishlari davom etmoqda.