60 yoshli fuqaro “opiy” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi

8 avgust kuni soat 17:30 larda Samarqand shahar IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida 60 yoshli N.S. Fidoyilar mahallasi hududida tadbirga xaridor sifatida jalb qilingan shaxsga 3,2 million so‘m evaziga 5.05 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini sotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Giyohvandlik vositasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Samarqand viloyati IIB EKB ma’lumotnomasiga ko‘ra, sotish uchun mo‘ljallangan vosita yumshoq holdagi, to‘q jigar rangli, tarkibida giyohvand modda “opiy” guruhida mansub bo‘lgan giyohvand alkaloidlar-morfin, kodein, tebain, mavjud bo‘lib, bu modda “opiy” giyohvandlik moddasi turiga kirishligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan N.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. N.S. protsessual tartibda ushlangan.

Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda dastlabki tergov davom etmoqda.