Samarqandda bir kilogramm giyohvandlik moddasi sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
- 09.12.2022 10:30
- 160
- Jinoyat va jazo
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda ko‘p miqdordagi opiy savdosining oldi olindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida yashovchi fuqarolar – 1975 yilda tug‘ilgan M.A. hamda 1973 yilda tug‘ilgan D.M. Jomboy tumanida yashovchi noma’lum fuqarodan 10 ming AQSh dollariga 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotib olib, To‘rtko‘l tumanidagi jinoiy sheriklariga yetkazib berish maqsadida yo‘lga chiqishgan. “Samarqand-To‘rtko‘l” yo‘nalishida “Cobalt” rusumli avtomashinada manzil tomon harakatlanib ketayotganida “Samarqand muntazam” YPX maskanida qo‘lga olindi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa