Tolibon giyohvandlikka qarshi kurash boshladi

O‘zani qurib qolgan daryoning chiqindixona sifatida ishlatilayotgan ko‘prigi ostida narkomanlarni tutishadi. Bunday "giyohvandlik ko‘priklari" - giyohvand moddalar savdosi va ko‘cha jinoyatlari o‘chog‘idir. Ularning aksariyati reabilitatsiya markaziga majburan olib boriladi.

Oldingi tuzum davrida Kobulda ming o‘rinli deyarli bo‘sh turgan shifoxona ochilgan edi. Ammo Tolibon hukumat tepasiga kelganidan beri «issiq nuqta»larga reydlar intensivligi sezilarli darajada oshdi.

Markazda bemorlar tekshiriladi va tartibga keltiriladi. Mutaxassislar mavjud vositalar yordamida narkomanlarni reabilitatsiya qilishga urinmoqda. Ko‘pchilik bu yerga bir necha marta qaytib keladi.

"Men bir oydan buyon davolanyapman. Kasalxonada bo‘lganimdan xursandman. Bu yerda bizga bo‘lgan munosabatdan mamnunman. Ular bizga ovqat va suv berishadi. Xudo xohlasa, 45 kundan keyin tuzalib, uyga va ishga qaytishimiz mumkin”, deydi bemorlardan biri.

O‘tgan asrning 90-yillarida Tolibonning o‘zi Afg‘onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqarishni faol ravishda rag‘batlantirdi va bu mamlakatni jahon yetakchisiga aylantirdi. Giyohvandlikdan olingan daromad evaziga Tolibonlar mamlakatda ishg‘olchi kuchlarga va raqobatchilariga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borishdi. Ammo 2000 yillarda bu afg‘onlarning o‘zlariga ta’sir qildi: geroin nondan ham arzon bo‘lgan mamlakatda giyohvandlar soni keskin o‘sa boshladi.

Bugun Tolibonning yangi rahbariyati giyohvand moddalarni ishlab chiqarish, savdo va iste’molini keskin to‘xtatishga va’da bermoqda. Ammo ulkan daromad yo‘qotilishini qoplash uchun ularga chet eldan yordam va giyohvand moddalar savdosi uchun qo‘yilgan ko‘plab maxsus sanksiyalarni bekor qilish kerakligiga shama qilishmoqda.

G.Xoldorova tayyorladi.