7 maydan Toshkentdan Misrga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
- 01.05.2022 15:00
- 57
- O‘zbekiston

Uzbekistan Airways 2022 yilning 7 mayidan boshlab O‘zbekiston va Misr hududlari o‘rtasidagi muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar qildi.
"Toshkent—Sharm al-Shayx—Toshkent" yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftada bir marta, shanba kunlari amalga oshiriladi.
Samolyotlar quyidagi jadvalga muvofiq parvoz qiladi:
Toshkentdan jo‘nab ketish: 09:00 (Toshkent vaqti)
Sharm al-Shayxga yetib borish: 11:50 (Sharm al-Shayx vaqti)
Sharm al-Shayxdan jo‘nab ketish: 13:20 (Sharm al-Shayx vaqti)
Toshkentga yetib borish: 21:30 (Toshkent vaqti)
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Teglar:
aviaqatnov
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand