Viloyatda aholining 8 foizi ijtimoiy himoyaga muhtoj, 41 foizining iqtisodiy ahvoli yaxshi: oilalar iqtisodiy ahvoliga ko‘ra 4 toifaga ajratildi

Samarqand viloyatida aholining:

16 foizi (118 743 ta xonadon) 1-toifa — daromadi kam, ishsizlari bor, daromad topish, kasb-hunar o‘rganishga harakati borlar.

34 foizi (250 277 ta xonadon) 2-toifa — doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi bor xonadonlar.

8 foizi (57 060 ta xonadon) 3-toifa — (ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar soni)

42 foizi (307 650 ta xonadon) 4-toifa — iqtisodiy ahvoli yaxshi.

Bu haqda viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Azamat Turonov matbuot anjumanida jurnalistlarga ma’lum qildi.

Shuningdek, xatlov jarayonida:

-164 000 ta ishsizlar (shundan, yoshlar-38 000 ta, ayollar 64 000 ta),

-161 943 nafar ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar;

-18 190 nafar kasb-hunarga o‘qish istagidagi;

-18 428 nafar tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan;

-33 869 nafar kredit olish istagida bo‘lganlar;

-65 611 nafar nogironi bor, doimiy ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar aniqlangan.

Turonovga ko‘ra, mahallalarning ixtisoslashuvi o‘rganib chiqilib, iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 55 ta yo‘nalishda 3 369 ta “o‘sish nuqtalari” yoki drayverlari belgilab olingan.

Ta’kidlanishicha, tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 271 ta tadbirkorlik sub’yektlariga jami 1 trln 23 mlrd. so‘m, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 127,6 mlrd.so‘m kredit ajratilgan.

Birinchi chorakda jami 140,8 ming nafar, shundan 52,3 ming nafari hokim yordamchilari ko‘magida aholi bandligi ta’minlangani aytilmoqda. Jumladan, 22,8 ming nafar fuqarolarga hokim yordamchilari ko‘magida ijara asosida yer ajratilgan. 3 565 kishi kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgan. 518 ta kichik (mini) ishlab chiqarish, 1 086 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etilgan. 43 ta ko‘p qavatli uylar yerto‘lalarida ham loyihalar amalga oshirilgan. 263 ta korxonalar faoliyati kengaytirilgan va 143 ta kam quvvat bilan ishlayotgan korxonalar quvvati tiklangan. Bundan tashqari, 35 mingdan ziyod norasmiy ishchi-xodimlar faoliyati legallashtirilgan.