84 turdagi tibbiy buyumlar va texnikalar importi majburiy sertifikatlashtirilmasdan realizatsiya qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 iyuldagi «Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan tuzilgan ro‘yxatda 84 turdagi tibbiy buyumlar va texnikalar, shu jumladan, kislorod konsentratorlar, puls oksimetrlari hamda sink, magniy, selen yoki vitamin "D" moddalarini saqlovchi biologik faol qo‘shimchalar import qilinganda va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan va majburiy sertifikatlashtirilmasdan bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi (import kilinganda) va realizatsiya qilinadi.