9 oy oldin o‘g‘rilikni sodir etgan qidiruvdagi ayol ushlandi

2020 yilning 19 yanvar kuni soat 12:42 dan 12:46 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Toshkent shahri Yunusobod tumani Avaz O‘tar ko‘chasida joylashgan uylarning biriga kirish eshigi ochiqligidan foydalanib, uyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 28 yoshli M.D.ga (ayol) tegishli bo‘lgan, narxi 33.379.906 so‘m bo‘lgan turli xil ayollar taqinchoqlarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan noma’lum o‘g‘irlik qilgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamentining xabar berishicha, o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni 37 yoshli X.S. (ayol) sodir etganligi aniqlangan va jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “shaxsiy kafillik” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.