Abituriyentlar eng ko‘p ariza topshirgan 5 ta oliy ta’lim muassasasini bilasizmi?

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlandi. Bakalavr ta’lim yo‘nalishining kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar soni 1 million 66 ming 925 nafarga yetdi. Jumladan, quyidagi 5 ta oliy ta’lim muassasasi abituriyentlarni qamrab olish bo‘yicha yuqori o‘rinlarda turibdi:
- Samarqand davlat universitetiga – 74 ming 377 nafar;
- Andijon davlat universitetiga – 45 ming 977 nafar;
- Qarshi davlat universitetiga – 44 ming 676 nafar;
- Farg‘ona davlat universitetiga – 42 ming 118 nafar;
- Urganch davlat universitetiga – 39 ming 405 nafar.