Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Adiblar universitetga sara asarlarini tuhfa qildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov, taniqli ijodkorlar Maqsud Jonixonov hamda Zuhro Eshonqulovalar keldi.

Universitetda “Ma’rifat ulashib”  loyihasi doirasida ushbu ijodkorlar talaba-yoshlar bilan uchrashdi.

Unda adiblar ijodiy asarlari, hayotidagi qiziq voqealar, yoshlarning puxta bilim olishlari nechog‘lik muhimligi kabi mavzularda so‘z yuritdi. O‘z navbatida ijodkor talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi va ijod namunalaridan o‘qib berdi.

Tadbirda Mamatqul Hazratqulov, Maqsud Jonixonov hamda Zuhro Eshonqulova o‘zlarining dastxati tushirilgan sara asarlarini universitet kutubxonasiga hamda faol talaba-yoshlarga tuhfa etdi.

Ijodkorlar universitet rahbarlari bilan birga “Yashil makon” umummilliy loyiha doirasida daraxt ko‘chatlari ekishdi.