“Adliya va yoshlar” loyihasi: Talabalarni qanday muammolar qiynayapti?

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida “Adliya va yoshlar” loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Samarqand shahar adliya bo‘limi mutasaddilari tomonidan talabalarga mamlakatimizda yoshlar siyosati masalalarida olib borilayotgan ishlar yuzasidan tushunchalar berildi.

Ta’kidlandiki, 2018 yilning aprel oyida har bir tuman va shaharlardagi adliya bo‘limlari qoshida huquqiy maslahatxonalar tashkil etildi. Ushbu maslahatxonalarga har bir fuqaroning murojaat qilishi mumkinligi va murojaatlar 15 kun ichida ko‘rib chiqilib, masalalar yuzasidan murojaatchiga javob yo‘llash tartibi joriy qilindi.

Shuningdek, adliya idoralari xodimlarining mavjud muammolarni joylarga chiqib o‘rganishi, sayyor qabullar tashkil etishiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olindi.

Gulchehra BERDIYoROVA.