Afg‘onistonda Tolibonlarning nazorat punktiga hujumi oqibatida ikki politsiyachi halok bo‘ldi
Afg‘oniston sharqidagi Paktiya viloyatidagi blokpostga radikal toliblar jangarilari hujumi natijasida ikki politsiyachi halok bo‘ldi, deya xabar beradi RIA Novosti xavfsizlik manbalariga asoslanib.
Manbalarga ko‘ra, Tolibonlar Gardez shahrining Abdulla Qala tumanidagi politsiya nazorat punktiga hujum qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ikki politsiyachi halok bo‘lgan va uch nafari jarohat olgan. Tolibon jangarilarining to‘rt nafari o‘ldirildi.
Afg‘onistonda qishloq joylaridagi muhim hududlarni egallab olgan va yirik shaharlarga hujum uyushtirayotgan Tolibonlar va hukumat kuchlari o‘rtasida ziddiyatlar avj olmoqda. Milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab aksilterror operatsiyalarini o‘tkazmoqda. Vaholanki, Qatar poytaxtida 2020 yil 12 sentyabrda Afg‘oniston hukumati va Tolibon o‘rtasida tinchlik muzokaralari boshlangan.