Afg‘onistonda yuz bergan portlashlar oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning G‘azni viloyatida yuz bergan qo‘shaloq portlash oqibatida to‘qqiz nafar tinch aholi halok bo‘ldi va ikki nafar politsiyachi jarohatlandi. Bu haqda 1 TV News telekanali mahalliy politsiya bergan ma’lumotga tayanib xabar berdi.

Viloyat politsiyasi vakili Ahmad Xon Siratning OAVga aytgan ma’lumotiga qaraganda, portlash G‘azni shahrida yuz bergan. Dastlab Kotal-i-Ravzay hududida yo‘lga o‘rnatilgan minaning harakatga kelishi sababli yuk avtomobili portlagan, oqibatda tinch aholi halok bo‘lgan, vafot etganlarning uch nafari ayol.

Keyinchalik voqea joyiga politsiya yetib kelib portlash tafsilotlarini o‘rganayotgan vaqtda ikkinchi mina portlagan.