Afina yaqinidagi yong‘in 94 uyni vayron qildi
Yong‘in Afina shimolidagi Varibobi qishlog‘i yaqinidagi boshlandi, dedi Gretsiya fuqarolik muhofazasi va inqirozni boshqarish vazirining o‘rinbosari Nikos Xardalias.
«Birinchi hisob-kitobga ko‘ra, yong‘in maydoni 12500 stremma (1250 gektar) ni tashkil qilgan. Viloyatdagi 27 ta korxonaga jiddiy zarar yetgan. 150 ga yaqin avtomobil butunlay yoki qisman yongan. Yong‘inni o‘chirishda aviatsiya ishtirok etmoqda», dedi vazir o‘rinbosari.
Yong‘in 3 avgust kuni Afina shimolidagi Aharne tumani Varibobi aholi punkti yaqinida boshlangan. Shu yaqin o‘rtada Tatoyning sobiq qirollik qarorgohi joylashgan. Bir nechta aholi punktlari aholisi evakuatsiya qilindi. Ayni damda Afinani tutun qamrab olgan. Atrofga kuyuk hidi tarqalgan.
Kecha Gretsiyada 40 yil ichida rekord darajadagi issiq selsiy bo‘yicha 47 darajaga yetdi.