"Afsona" yangi bo‘ladi
Samarqand shahridagi «Afsona» suv havzasida qurilish ishlari olib borilmoqda.
– 1 gektar maydonni egallagan hududda bolalar va kattalar uchun cho‘milish havzasi, yengil tamaddi qilib olishga mo‘ljallangan kafe, sport-sog‘lomlashtirish markazi qurilmoqda, – deydi qurilishga mas’ul «Sharq sanoati» konserni vakili Baxtiyor Narziyev. – Umumiy qiymati 1,5 million dollar bo‘lgan loyihani amalga oshirish uchun xorij tajribasidan samarali foydalanyapmiz.
Loyihaga ko‘ra, bu yerda dam oluvchilar uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratiladi. Ilgari basseynni to‘ldirishga 4-5 kun ketgan bo‘lsa, yangi hovuz mavsumda bir marta to‘ldiriladi va suvni tozalash ishlari zamonaviy texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi. Zamonaviy ko‘rinishdagi maskan nafaqat aholimizga, balki Samarqandga keladigan xorijlik mehmonlar uchun ham ko‘rkam dam olish joyi bo‘ladi.