Aholi tadbirkorlikka jalb etilmoqda

2. Yil dasturi bo‘yicha hududda qanday ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan? Bunda sizning ishtirokingiz bormi? 
3. Yil boshidan bu±n necha marta deputatlik so‘rovi uyushtirdingiz? Deputatlik guruhi ±ki doimiy komissiyaga qanday takliflar bilan chiqdingiz? 
Men saylangan 48-Do‘stlik saylov okrugi hududida Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida belgilangan vazifalar va mahalliy dasturlar asosida bir nechta yangi loyiha amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturiga ko‘ra, 10 dan ortiq savdo shoxobchasi, 15 oilaviy tadbirkorlik sub’yekti tashkil etilishi rejalashtirilgan. Natijada 100 dan ziyod ish o‘rni yaratiladi. 
Joriy yilda saylovchilar bilan ikki marta uchrashuv o‘tkazdim. Uchrashuvlarda yil dasturida ko‘zda tutilgan masalalar, aholi ijtimoiy-iqtisodiy turmushiga oid muammolar, tashabbus va takliflarni muhokama qildik. Muloqotda mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ko‘p bor ta’kidlangan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga oilalar daromadining oshishiga erishish takliflari soha mutaxassislari bilan birgalikda tushuntirildi. Mahallalardagi faollar bilan tomorqadan unumli foydalanish hisobiga aholi farovonligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilab oldik.
Sektor rahbari va ishchi guruh a’zolari bilan hamkorlikda saylov okrugi hududidagi aholi xonadonlariga bordik. Kam ta’minlangan va bandligi ta’minlanmagan fuqarolar bilan suhbatlar tashkil etildi. O‘tkazilgan uchrashuvlarda o‘n beshdan ortiq muammoni hal etish yuzasidan vazifalarni belgilab oldim. Ularning ma’lum bir foizi bandlik masalasi, yana bir qismi kommunal xizmatlar sohasidagi ayrim kamchiliklar xususidadir. 
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi idora va tashkilotlarga 4 ta deputatlik so‘rovi uyushtirdim. 

Zebiniso ShODIYeVA,
48-Do‘stlik saylov okrugidan
viloyat Kengashi deputati.