Aholi va tadbirkorlardan ayrim hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi
🔘 Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan, tadbirkorlardan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi:
🔹 shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
🔹 shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
🔹 tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ma’lumotnomalari;
🔹 mehnat daftarchalari va ularning nusxalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda so‘rash bundan mustasno);
🔹 ish haqi va ish stajini, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda so‘rash bundan mustasno);
🔹 kadastr hujjatlari va ularning nusxalarini.
🖥 Bunda, davlat organlari va tashkilotlari mazkur hujjat va ma’lumotlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi, deyiladi Huquqiy axborot ma’lumotida.