Aholisi ekstremal sharoitlarda kun kechiradigan shaharlar

Inson o‘zi yashashi uchun har doim qulay va xavfsiz joylarni topishga intiladi. Biroq, bu qat’iy ko‘rinadigan qoidaning ham istisnolari uchrab turadi. Yer yuzida aholi hayotining har soniyasi xavf ostida bo‘lib turadigan joylar borki, bu odamlarning u yerlarda yashashiga umuman to‘sqinlik qilmaydi, ular hatto boshqa joyga ko‘chib o‘tishni xayoliga ham keltirmaydi. E’tiboringizga sayyoramizdagi yashovchilarning kundalik hayoti ekstremal sarguzashtlardan iborat aholi punktlarini havola etamiz.

Yava oroli (Indoneziya)

Остров действующих вулканов. /Фото: svoiludi.ru

Indoneziyada 128 vulqon bor, ulardan eng faoli - balandligi 2910 metrga yetadigan, “Olovli tog‘” deb tarjima qilinadigan Merapi Yava orolida joylashgan. Yiliga ikki marta kichik, har yetti yilda esa katta otilishlar sodir bo‘lib, Merapi o‘zi haqida eslatib turadi. 2010 yilda sodir bo‘lgan shunday yirik otilish oqibatida 353 kishi qurbon bo‘lgan edi. Hayratlanarlisi, doimiy vulqon otilishlari xavfiga qaramasdan, yarim millionga yaqin indoneziyaliklar ushbu vulqon etagida yashashda davom etmoqda.

Cherapunji (Hindiston)

Само влажное поселение на планете. /Фото: hindirus.ru

Dengiz sathidan 1313 metr balandlikda joylashgan Cherapunjin yer yuzidagi eng yomg‘irli va zaxkash joylardan biri sanaladi. Bu bejiz emas. Novate.ru ma’lumotlariga ko‘ra, bu yerdagi o‘rtacha yillik yog‘ingarchilik 12 ming millimmetrni tashkil qiladi. Juda ko‘p yoqqan yomg‘ir mahalliy tuproqlarning past unumdorligi bilan ajralib turishi sababchisidir. Qizig‘i, na yomon yer, na deyarli to‘xtovsiz yog‘in-sochinlar bu yerdagi 10 mingdan ziyod aholini Cherapunjida yashashni davom ettirishga to‘sqinlik qilmaydi, ular hatto ko‘chib ketishni xayoliga ham keltirmaydi.

San-Pedro-de-Atakama (Chili)

Город посреди самой сухой пустыни. /Фото: orangesmile.com

Sayyorada o‘ta quruq joylar ham bor, ulardan biri Atakama cho‘lidir. Tadqiqotlar u yerdagi o‘rtacha yillik yog‘ingarchilik 10 millimmetrdan oshmasligini ko‘rsatdi. Shu sababli cho‘lda o‘simliklarning juda kam uchrashi, ba’zi joylarida esa ularning umuman yo‘qligi ajablanarli emas. Ushbu holatning hayratlanarli tomoni shundaki, bunday og‘ir sharoitlarga qaramay, tom ma’noda cho‘lning o‘rtasida joylashgan San Pedro-de-Atakama shahrida 10 mingga yaqin odam xotirjamgina yashab keladi.

Illokkortoormiut (Grenlandiya)

Самое северное поселение на Земле. /Фото: equatorial.by

Grenlandiyaning eng chekka shaharlaridan biri g‘aroyib Illokkortoormiut sayyoradagi eng shimoliy shahar maqomiga ega. U yerga avval samolyotda, keyin vertolyot yoki qayiqda sayohat qilgandan keyingina yetib borish mumkin. Uzoq yillar davomida bu hududning asosiy aholisi faqat oq ayiqlar, ho‘kizqo‘y va tyulenlar bo‘lgan. Faqat 1925 yilga kelib ushbu Grenlandiya yerlarida birinchi ko‘chmanchilar paydo bo‘ldi. Mahalliy ovchilar avlodlari davomida ayiq va kitlarni ovlash orqali kun ko‘rgan, bu hozirda ham mintaqadagi muhim madaniy va iqtisodiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda shahar aholisi 500 ga yaqin kishini tashkil etadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.